AsosiyJamiyat

Diqqat! Ta`mirlash ishlari sabab bugun Zangiotada gaz vaqtincha o`chiriladi

'Diqqat! Ta`mirlash ishlari sabab bugun Zangiotada gaz vaqtincha o`chiriladi'ning rasmi

2022 yil 22 fevral soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Zangiota tumani "Turkiston"  hududi "Tarnov" mahallasini tabiiy gaz bilan ta`minlovchi er osti o`rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqish  (avariya) holati aniqlanganligi sababli yuqorida ko`rsatilgan manzilda 895 ta aholi xonadonlarida va 5 ta tabiiy gaz ulgurji iste`molchilarida tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Toshkent" gaz ta`minoti filiali matbuot xizmati ma`lum qildi.

Ta`kidalnishicha, ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

"Etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raymiz",-deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar