AsosiyJamiyat

UzAuto Motors O`zbekistonga Tesla'ning asosiy raqobatchisini jalb qilishga muvaffaq bo`ldi

'UzAuto Motors O`zbekistonga Tesla'ning asosiy raqobatchisini jalb qilishga muvaffaq bo`ldi'ning rasmi

UzAuto va Xitoydagi yirik elektromobil ishlb chiqaruvchi kompaniya BYD autoindustry o`rtasida o`zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu O`zbekiston avtomobilsozligi uchun muhim voqea, deya ma`lum qilmoqda Zamon.uz'.

Qayd etilishicha, Tesla'ning asosiy raqobatchisi bo`lgan mazkur kompaniya UzAuto bilan hamkorlika avtomobillar ishlab chiqarish istagini bildirgan. Hamkorlik doirasida O`zbekistondagi yangi energiya manbalariga asoslangan yangi elektomobil va elektrobus ishlab chiqarishga oid loyiha yo`lga qo`yilishi aytiladi. Shuningdek, O`zbekistonda savdo va servis xizmat ko`rsatish, xususan akkumlyator batareyalari hamda elektromobil matorlarni ta`mirlash tarmoqlari yaratiladi.

BYD kompaniyasi yangi energomanbalariga asoslangan avtomobillarning barcha turlarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, kompaniya o`z dizayniga ega bo`lgan akkumlyator batareyalari, yarim o`tkazgichlar, elektr motorlar va boshqa yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish tajribasiga egaligi ta`kidlanadi.

Eslatib o`tamiz, BYD kompaniyasi turli davlatlarda 8ta zavod va o`z markazlariga ega bo`lib, u dunyoda elektromobil savdosi bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi. Xitoyda esa etakchi. Bundan yirik kompaniya bilan hamkorlik UzAutoMotors'ni yanada rivojlanishiga hissa qo`shishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar