AsosiyJamiyat

Alisher Usmonov singlisining Shveysariya banki hisob-raqamidagi pullari haqidagi ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligi ma`lum qilindi

'Alisher Usmonov singlisining Shveysariya banki hisob-raqamidagi pullari haqidagi ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmasligi ma`lum qilindi'ning rasmi

Alisher Usmonov singlisi Saodat Narzievaning Shveysariyaning Credit Suisse bankidagi pul mablag`lari va shaxsiy hisobraqamlari haqida tarqalgan ma`lumot haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Bu haqda tadbirkor Alisher Usmonovning matbuot xizmati kun.uz ga xabar berdi.

“Ba`zi mas`uliyatsiz ommaviy axborot vositalari OCCRP ma`lumotlariga tayanib, taniqli tadbirkor, moliyachi va mesenat Alisher Usmonovning singlisi Saodat Burhonovna Narzievaning shaxsiy hisobraqamlariga qo`yilgani aytilayotgan katta pul mablag`lari haqida haqiqatga to`g`ri kelmaydigan ma`lumotlarni tarqatdi”, deyiladi xabarda.

Ma`lum bo`lishicha, Saodat Narzievaning mablag`lari va shaxsiy hisobraqamlariga oid bu ma`lumotlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

“Bu mutlaqo haqiqatga to`g`ri kelmaydi va  Alisher Usmonovning obro`siga putur etkazish maqsadida tarqatilmoqda. Ma`lumotni tarqatganlar “qovurilgan faktlar”ga havola qilib, jurnalist etikasi me`yorlarini e`tiborsiz qoldirgan. Ushbu yolg`on ma`lumotlarning e`lon qilinishi Alisher Usmonovning sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`siga putur etkazadi”, deyiladi axborotda.

Avvalroq, Shveysariyaning kreditlar bo‘yicha ikkinchi yirik Credit Suisse bankidan sizib chiqqan hisob ma’lumotlarida 4 nafar o‘zbekistonlik nomi ham tilga olingandi. Ular orasida  Alisher Usmonov singlisi Saodat Narziyeva ham bor edi.

    Boshqa yangiliklar