AsosiyJamiyat

"Biz ajrimni bekor qilmoqchimiz! Men yaqinda ona bo`laman!" Qashqadaryoda 10 yil yashab farzandsizlik sabab ajrashmoqchi bo`lgan er-xotin arizasini qaytarib oldi

'"Biz ajrimni bekor qilmoqchimiz! Men yaqinda ona bo`laman!" Qashqadaryoda 10 yil yashab farzandsizlik sabab ajrashmoqchi bo`lgan er-xotin arizasini qaytarib oldi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyatida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo`limi hamda mahalla fuqarolari yig`inlari qoshida tashkil etilgan yarashtiruv komissiyalari sa`y-harakatlari bilan yana bir oila ajrimdan saqlab qolindi. Bu haqda DXA Qashqadaryo viloyati boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Dehqonobod tumani Yashnabod MFY da istiqomat qiluvchi Ch.Qarshiev va R.Nazarovalar yaxshi niyatlar bilan 2012 yilda oila qurishadi. 10 yillik turmushi davomida o`rtalarida farzand bo`lmaganligi boisdan bu oila ajrashishga qaror qilishadi. Qonuniy 3 oy muhlat bergan FHDYo bo`limi tomonidan oilani yarashtirish uchun harakatlar boshlandi.

Mahalla raisi Z.Alimardonovning aytishicha, bu oilada moddiy tomondan etishmovchilik bo`lganligi sababli er va xotin xech qanday tibbiy tekshiruvdan o`tishmagan.Mas`ullar aralashuvi bilan kelinning davolanishi uchun keraklicha mablag` to`plandi va kelin o`z uyiga qaytarildi.

- Bu quvonchli xabarni sizga aytsmasam bo`lmaydi. Biz ajrimni bekor qilmoqchimiz! Men yaqinda ona bo`laman! Raxmat barchangizga! Sizlarni yordamlaringiz bilan oilam tiklandi, deydi R.Nazarova.

 

— Dehqonobod tumanining 24 ta mahallasida 3 yil mobaynida birortayam ajrim holati  qayd etilmagan. Mahalla bilan o`zaro qilayotgan hamkorligimiz o`z natijasini bermoqda." -deydi Dehqonobod tuman FHDYo mudirasi O.Ashurova.

    Boshqa yangiliklar