Oliy ta`lim vazirligi tomonidan “Ilhom” mukofoti uchun tanlov e`lon qilindi.
Ushbu mukofot shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o`rganish, ularning asarlarini tarjima qilish, shu asosda tadqiqotlar o`tkazish, kino va sahna asarlari yaratish kabi ma`naviy-ma`rifiy, ilmiy-ijodiy jarayonlarda eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan hamda faoliyat yuritayotgan yoshlarga beriladi.
️ Tanlov g`oliblari quyidagicha taqdirlanadi:
1-o`rin – “Spark” avtomobili;
2-o`rin – 30 mln so`m pul mukofoti;
3-o`rin – 15 mln so`m pul mukofoti.
Tanlov 2 bosqichda o`tkaziladi:
1-bosqich – har yili 20-martga qadar oliy ta`lim muassasasi miqyosida saralash bosqichi;
2-bosqich – har yili 10-mayga qadar asosiy tanlov bosqichi hisoblanadi.
️“Ilhom” mukofoti bilan taqdirlash Adiblar xiyoboni ochilgan kun – 20-mayda “Katta adabiyot bayrami” haftaligi doirasida amalga oshiriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun 15-martga qadar OTMning yoshlar masalalari, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha mas`ullariga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.






