AsosiyDunyo

Turkiya Rossiyaning Donesk va Lugansk respublikalarini tan olganini qoraladi

'Turkiya Rossiyaning Donesk va Lugansk respublikalarini tan olganini qoraladi'ning rasmi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donesk hamda Lugansk Xalq Respublikasini tan olishini aytib, farmonga imzo chekdi.

Evropa ittifoqi ushbu farmon imzolanishini xalqaro huquq qoidalariga zid va Ukrainaning hududiy yaxlitligiga tahdid deb atadi. Rossiyaning ushbu qaroriga qarshi o`ta qattiq javob qaytarilishini va`da qilishmoqda.

Turkiya ham bu borada o`zining munosabatini e`lon qildi.    

"Rossiya Federasiyasining go`yo Donesk va Lugansk respublikalarini tan olish to`g`risidagi qarori Minsk kelishuvlariga zid, shuningdek, Ukrainaning siyosiy birligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini ochiqdan-ochiq buzish hisoblanadi.

Biz Rossiyaning bu qarorini nomaqbul deb ataymiz va uni rad etamiz.

Fursatdan foydalanib, Ukrainaning siyosiy birligi va hududiy yaxlitligini saqlashga sodiqligimizni ta`kidlaymiz hamda barcha tomonlarni adolatli fikr yuritishga va xalqaro huquqni hurmat qilishga chaqiramiz", – deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bergan bayonotda.

    Boshqa yangiliklar