Xalq ta`limi vazirligi Andijon viloyatining ayrim tumanlarida avans pullari kechikayotganligi yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ta`kidlanishicha, viloyatning Andijon shahar, Asaka va Bo`ston tumanlari xalq ta`limi bo`linmalari ayrim xodimlarning mas`uliyatsizligi tufayli 2021 yil yakuni bo`yicha moliyaviy hisobotlar o`z vaqtida topshirilmagan. Shu sababli, ularning g`azna hisobraqamlari bo`yicha amalga oshiriladigan operasiyalar avtomatik ravishda tegishli dasturlarda vaqtinchalik to`xtatilganligi ma`lum bo`lgan.
Rasmiy munosabatda hozirda ushbu tuman (shahar) xalq ta`limi bo`linmalarida yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etish bo`yicha tezkor choralar ko`rilishi natijasida Asaka va Bo`ston tumanlarida avans to`lovlari to`liq to`lab berilishi aytilmoqda.






