Qashqadaryo viloyatida joylashgan Hisor davlat qo`riqxonasi qor qoplonining doimiy yashash joylaridan biri hisoblanadi.
Davlat ekologiya qo`mitasi qo`riqxonaga o`rnatilgan fotoqopqon tushgan tabiatning ana shu noyob jonivori tasvirini e`lon qildi.
Bundan sal avval qo`riqxonaning Tanxozdaryo bo`limi davlat nazoratchisi Jamshid Berdaliev tomonidan Quralay soyiga qo`yilgan kamera ob`ektiga 2 bosh qor qoploni muhrlangani haqida xabar bergan edik.
Qor qoploni bugungi kunda noyob tur hisoblanib, xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo`lgan bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilishga alohida e`tibor qaratilgan.






