1

Kobulda O`zbekiston va Afg`oniston delegasiyalarining kengaytirilgan yig`ilishi o`tkazildi

Iqtisodiyot 23.02.2022, 09:02
Kobulda O`zbekiston va Afg`oniston delegasiyalarining kengaytirilgan yig`ilishi o`tkazildi

Kobul shahrida O`zbekiston va Afg`oniston delegasiyalarining kengaytirilgan yig`ilishi bo`lib o`tdi. Ayi damda vazirlik bu haqda xabar bermoqda. Qayd etilishicha, O`zbekiston tomoniga O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari - investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov, Afg`oniston tomoniga esa Afg`oniston muvaqqat hukumati rahbarining o`rinbosari Abdul G`ani Baradar boshchilik qilgan.

Uchrashuvda investisiyalar, savdo, transport va logistika, energetika, qishloq xo`jaligi, ta`lim va sog`liqni saqlash sohalarida o`zbek-afg`on hamkorligi yuzasidan fikr almashilgan.

Afg`on tomoni mamlakatda xavfsizlikni ta`minlash, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani tiklash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ko`rilayotgan chora-tadbirlar haqida ma`lumot bergan.

"Termiz - Mozori-Sharif - Kobul - Peshavor" trans-afg`on temir yo`lini qurish loyihasini amalga oshirish bo`yicha hamkorlikni faollashtirishga alohida e`tibor qaratilgani ta`kidlanmoqda. Tomonlar loyihani hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini muhokama qilib, mavjud barcha masalalarni birgalikda hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Muloqot chog`ida O`zbekiston kompaniyalarini infratuzilmani qurish va tiklash, qishloq xo`jaligini rivojlantirish va tabiiy resurslarni qazib olish bo`yicha qo`shma loyihalarda ishtirok etishga jalb qilish imkoniyatlari ham ko`rib chiqilgani aytiladi. Yaqin kelajakda o`zbek – afg`on savdo-iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish bo`yicha Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash hamda uni amalga oshirish bo`yicha birgalikda ish olib borishga kelishilgan.

Shuningdek, tomonlar yaqin orada o`zaro savdo hajmini oshirish va ikki davlat hududlari orqali tranzitni ko`paytirish mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olishgan.

"Uchrashuv chog`ida ikki mamlakat vazirlik va idoralari rahbarlari alohida yo`nalishlar kesimida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo`yicha takliflarni ilgari surdilar va yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilishni tezlashtirish maqsadida ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar",-deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1