AsosiyJamiyat

“Atirgul” tanlovi qayta tiklandi

'“Atirgul” tanlovi qayta tiklandi'ning rasmi

O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi mamlakatimizda jurnalist ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ijodiy salohiyatini namoyon qilishiga ko`maklashish, erishgan yutuqlarini e`tirof etish va ularni rag`batlantirish maqsadida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida an`anaviy o`tkazib kelingan “Atirgul” tanlovi qayta tashkil etilganini e`lon qildi.

Tanlovda jurnalistlar va axborot xizmati xodimalari 2021 yilning 1 martidan 2022 yilning 1 martigacha ommaviy axborot vositalarida e`lon qilingan (televidenie, radio orqali efirga uzatilgan, bosma va internet nashrlarida chop etilgan kamida 5 ta) materiallari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov sakkiz yo`nalish bo`yicha o`tkaziladi.

 Batafsil: https://journalist.uz/n/26245

Ijodiy ishlar “Atirgul” tanloviga deb quyidagi manzilga yuborilishi lozim:

100129, Toshkent sh., Navoiy ko`chasi 30-uy, 3-qavat 35- va 37- xonalar. O`zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi.

71- 244-64-61, 71-244-37-87,  244-69-65

 

 

    Boshqa yangiliklar