Xabaringiz bor Prezident Shavkat Mirziyoev ayni paytda hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida 23 fevral kuni Qoraqalpog`iston Respublikasida bo`lib turibdi.
"Kecha sinoptiklar bugungi safarim noqulay ob-havo tufayli yarim yoki bir soatga kechishi haqida aytishgandi. Bugun ertalab esa yo`limiz ochiqligi va o`z vaqtida Mo`ynoqqa uchishimiz mumkinligi haqida aytishdi. Yo`llarimiz ochiqligi rost bo`lsin!"
Ushbu gaplar bilan so`zlarini yakunlagan Shavkat Mirziyoev Orol bo`yi hududlarini ko`zdan kechirish uchun yig`ilishni tark etdi. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti xabar berdi.
Bugun davlat rahbari Qoraqalpog`istonning Taxtako`pir va Shumanay tumanlariga ham tashrif buyuradi.