AsosiyJamiyat

Islom Karimovga suiqasdni tashkil etishda qatnashgan terrorchiga sud hukmi o`qildi

'Islom Karimovga suiqasdni tashkil etishda qatnashgan terrorchiga sud hukmi o`qildi'ning rasmi

Bugun, 23 fevral kuni jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudida 16 fevral voqealari ishtirokchisiga nisbatan jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha sud jarayoni nihoyasiga etib, sud hukmi e`lon qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu jinoyat ishi jinoyat ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tuman sudi sudyasi B.Berdiev raisligida ko`rib chiqilgan. 

E`lon qilingan sud hukmiga ko`ra, sudlanuvchi – 1969 yilda Toshkent shahrida tug`ilgan J.Yu. Jinoyat kodeksining 155-moddasi (terrorizm), 159-moddasi (O`zbekiston Respublikasining konstitusiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 161-moddasi (qo`poruvchilik), 164-moddasi (bosqinchilik), 223-moddasi (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O`zbekiston Respublikasiga kirish), 242-moddasi (jinoiy uyushma tashkil etish) hamda 244-2-moddasi (diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga uzil-kesil o`tash uchun 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Qayd etilishicha, hukmdan norozi taraflar hukm e`lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi hukm nusxasini olgan kundan boshlab, yigirma sutka ichida Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo`yicha sudlov hay`atining apellyasiya instansiyasiga shikoyat berishi yoki protest bildirishga haqlidir.

    Boshqa yangiliklar