Bugun kunduzi O`zbekistonda yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.
Bu haqda O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabar qildi.
Tog`li hududlarda qor ko`chishi xavfi bor. Tog` oldi va tog`li hududlarda sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati 16-18° iliqgacha isiydi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Sel kelishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-10° iliq bo`ladi.






