AsosiyJamiyat

Pedagog xodimlarni tanlovsiz ishga qabul qilishga yo`l qo`yilmaydi

'Pedagog xodimlarni tanlovsiz ishga qabul qilishga yo`l qo`yilmaydi'ning rasmi

 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta`lim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, mazkur o`zgartirish va qo`shimchalarga ko`ra:

- Magistraturaning oxirgi bosqich talabalariga 0,5 stavkagacha pedagogik faoliyat olib borishga ruxsat beriladi;

-Tanlovda ishtirok etuvchi talabgorlarning hujjatlarini qabul qilish vazirlikning maxsus elektron platformasi orqali amalga oshiriladi;

- OTMning pedagog xodimlari faoliyatini o`rganish va baholashning yangi KPI tizimi joriy etiladi;

- Pedagoglarning dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim baholanadi.

Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring!

    Boshqa yangiliklar