Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda O`zbekiston prezidenti Qoraqalpog`iston Respublikasida bo`lib turibdi.
Darakchi.uz jurnalistining ma`lum qilishicha, yaqin soatlarda prezident Shavkat Mirziyoev Beruniy tumanida bo`lib, quvvati 100 megavatt bo`lgan shamol elektr stansiyasining tamal toshini qo`yishi va shu erlik sektor rahbarlari, mahalla faollari va hokim yordamchilari bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
Tadbir tafsilotlari hamda prezident nutqidan olinadigan iqtiboslarni bevosita manbamiz orqali o`qib borishingiz mumkin.






