Avvalroq, Rossiyaga uchgan samolyot Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytayotgani haqida xabar bergan edik.
“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining HY-9825 reysi bilan Namangan-Krasnodar yo`nalishi bo`yicha uchayotgan samolyoti Rostov viloyati ustidagi havo hududi yopilganligi sababli qaytishga majbur bo`ldi.
Bortida 168 yo`lovchi bo`lgan samolyot ekipaji yoqilg`i etarli bo`lmagani uchun eng yaqin aeroportga qo`nishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan 09:57 da Urganchga qo`ndi. Yoqilg`i quyishdan so`ng samolyot yaqin kunlarda Namanganga uchadi.
“O`zbekiston havo yo`llari”ning aniqlik kiritishicha, bekor qilingan reys yo`lovchilari aviachiptani bepul qayta bron qilish yoki chegirmasiz qaytarib olish huquqiga ega.






