AsosiyJamiyat

Ukrainadagi o`zbekistonlik talabalar o`qishni o`z vatanlarida masofaviy shaklda davom ettirishlari mumkin

'Ukrainadagi o`zbekistonlik talabalar o`qishni o`z vatanlarida masofaviy shaklda davom ettirishlari mumkin'ning rasmi

O`zbekiston talabalarning o`z vatanlariga vaqtinchalik jo`nab ketish holatlarida Ukraina oliy o`quv yurtlarida o`qishlarini saqlab qolish masalasi bo`yicha ko`plab murojaatlar kelib tushayotganini inobatga olib O`zbekistonning Kievdagi echixonasi rasmiy bayonot berdi. 

Unga ko`ra, Ukraina Ta`lim va fan vazirligi 2022 yil 25 yanvardagi 1/1266-sonli va 2022 yil 15 fevraldagi 1/2588-22-sonli xati bilan Ukrainaning barcha oliy o`quv yurtlariga masofaviy ta`limni joriy etishni tavsiya qildi.

Ushbu qoida tibbiyotdan tashqari barcha mutaxassisliklar talabalariga tegishli.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda hamda havo qatnovida kuzatilgan uzilishlarni hisobga olgan holda o`zbekistonlik talabalariga o`z vatanlarida o`qishni masofaviy shaklda davom ettirish imkoniyatlarini ko`rib chiqish tavsiya etiladi.

    Boshqa yangiliklar