1

Navoiyda tarbiyachilar ko`p qavatli uylarning podezdlarini yuvishga jalb qilindi

Jamiyat 24.02.2022, 14:54
Navoiyda tarbiyachilar ko`p qavatli uylarning podezdlarini yuvishga jalb qilindi

Ijtimoiy tarmoqda  “Navoiyda tarbiyachilar ko`p qavatli uylarning podezdlarini yuvishga jalb qilindi” sarlavhali  xabar tarqaldi.

Ushbu xabar Navoiy viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o`rganilganda haqiqatdan ham xodimlarning ushbu ishlarga majburiy jalb etilgani aniqlangan.

Zarafshon shahar maktabgacha ta`lim bo`limi mudiriga Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan ma`muriy jarima qo`llanildi. 

Mehnat munosabatlariga oid murojaatlar yuzasidan Davlat mehnat inspeksiyasining 1176 qisqa raqamlariga, vazirlikning 71-200-06-00 ishonch telefoniga hamda www.dmi.mehnat.uz saytiga murojaat qilishingiz mumkin.  Azirlik shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1