1

Metrodagi hojatxonadan tekin foydalanuvchilar ro`yxati tuzildi

Jamiyat 24.02.2022, 15:33
Metrodagi hojatxonadan tekin foydalanuvchilar ro`yxati tuzildi

23 fevraldan Chilonzor metro bekatida ona-bola xonasi va hojatxona ishga tushirildi. Undan bepul foydalanuvchilar toifalari belgilandi. Bu haqda "zamon.uz" sayti xabar bermoqda. 

Ona-bola xonasi va hojatxona "Chilonzor" metro bekatining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan kiriladigan qismida joylashgan.

Hojatxona ayollar va erkaklar uchun alohida bo`lib, ayollar hojatxonasi ichkarisida ona-bola xonasi, ya`ni 1 yoshgacha bo`lgan go`daklarni yo`rgaklash xonasi tashkil etilgan.

Ona-bola xonasi va hojatxona "Underground service" MChJ tomonidan "Toshkent metropoliteni" DUK bilan hamkorlikda qurilgan bo`lib, undan foydalanish haqi 1,5 ming so`m.

Quyidagi toifaga kiruvchi yo`lovchilar esa hojatxonadan bepul foydalanishlari mumkin:

  • Ikkinchi Jahon urushi qatnashchilari;
  • Nogironligi mavjud fuqarolar;
  • Chernobil falokati ishtirokchilari;
  • Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari va Yoshlar ittifoqi etakchilari;
  • 7 yoshgacha bo`lgan bolalar.

"Toshkent metropoliteni" DUK matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ona-bola xonasi hamda hojatxona sinov tariqasida qurilgan bo`lib, natija kutilganidek bo`lsa, yo`lovchilar oqimi ko`p bo`lgan yana 14 ta metro bekatida ham barpo etilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1