1

"Yoqilg`ining etishmasligi bilan bog`liq emas" – “Uzbekistan Airways”

Jamiyat 24.02.2022, 16:00
"Yoqilg`ining etishmasligi bilan bog`liq emas" –  “Uzbekistan Airways”

Avvalroq, Rossiyaga uchgan samolyot Namangan xalqaro aeroportiga majburiy qaytayotgani haqida xabar bergan edik. 

“O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasining HY-9825 reysi bilan Namangan-Krasnodar yo`nalishi bo`yicha uchayotgan samolyoti Rostov viloyati ustidagi havo hududi yopilganligi sababli qaytishga majbur bo`ldi.

“Uzbekistan Airways” AJining xabar berishicha, ushbu xabarlar ijtimoy tarmoqlarda  samolyotning qaytishiga yoqilg`ining etishmasligi bilan bog`liq, deya talqin qilingan.

Kompaniyaning qo`shimcha rasmiy bayonotiga ko`ra, ekipaj parvoz amalga oshirilayotgan hududda havo trassalari yopilishi haqidagi ma`lumotni olgan. Shu bilan birga Rossiya Federasiyasi havo hududidagi vaziyatni aniqlashtirish va qatnovni bajarish yoki jo`nab ketish aeroportiga qaytish to`g`risida uzil-kesil qaror qabul qilish uchun Urganch shahridagi aeroportga qo`nish talab etilgan.  

Eslatib o`tamiz, Ukraina havo hududi yo`lovchi havo kemalari qatnovlari uchun yopilishi munosabati bilan, Toshkent-Kiev-Toshkent muntazam qatnovlari 2022 yilning 27 fevral va 2 mart kunlari rejalashtirilgan parvozlari bekor qilingani haqida xabar berilgan edi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1