1

Talabalar ikkinchi kursdan ishlashi mumkin — Oliy ta`lim vaziri

Jamiyat 24.02.2022, 17:25
Talabalar ikkinchi kursdan ishlashi mumkin  — Oliy ta`lim vaziri

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri Abduqodir Toshqulovning Qoraqalpog`iston Respublikasida taxsil olayotgan talabalar bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda OTMlarda 2 kursdan boshlab ishlashga ruxsat beruvchi yangi tizim yaratilishini ma`lum qildi

Uning so`zlariga ko`ra, talabalarga amaliyot muddatini ko`paytirish kerak.

«Kerak bo`lsa, butun o`quv rejada qator OTMlarda 70 foiz amaliyot qilish kerak. Pedagogika yo`nalishda 4+2 yo`nalishini joriy qilish — 4 kun institutda, 2 kun maktabda. Bilasizlarmi, biz bugungacha qanday byurokratiyalar qildik-da, sirtqi ta`limda o`qiydigan talabani ishga olmadik. O`zi sirtqi ta`limdan maqsad nima? Ishlab, o`qisin… Yo`q, sen oldin bitirib, diplomingni ol, keyin ishga olamiz, dedik. O`qib turgan talabani agar biror qarindosh urug`ligi bo`lmasa, katta kurs bo`lmasa, uni ham ishga olmadik», — dedi Abduqodir Toshqulov.

Endilikda oliy ta`lim muassasalarida ishlash bilan bog`liq yangi tizim yaratilishi, talabalarga 2 kursdan boshlab o`z yo`nalishida ishlashiga ruxsat berilishi ma`lum qilindi.

«Biz hozir shunday tizim qilmoqchimiz, menimcha pedagogika yo`nalishlari bundan juda xursand bo`ladi. Ikkinchi kursdan boshlab, bemalol maktablarga borib, oylik olib ishlash mumkin bo`ladi. Pedagogika bo`yicha prezidentimiz yig`ilish qildi va shunda qat`iy ta`kidladi-ki, ikkinchi kursdan borib, ham o`qisin, ham ishlasin. Ishlaganda ham o`zining sohasida ishlasin. Men buni hurmat qilaman», — dedi vazir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1