1

Ukrainadagi O`zbekiston elchixonasi fuqarolarga muhim murojaat bilan chiqdi

Jamiyat 24.02.2022, 18:52
Ukrainadagi O`zbekiston elchixonasi fuqarolarga muhim murojaat bilan chiqdi

O`zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi fuqarolarimizga yana murojaat bilan chiqdi:

«Ukrainada rivojlanib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyatdan kelib chiqib O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan quyidagi ma`lumotlarni hisobga olishlarini so`raymiz:

1. Ukrainaning qaysi shahrida bo`lishingizdan qat`i nazar, joylashgan bomba boshpanalarining ichida yoki yonida bo`ling.

2. Ukrainaning Rossiya Federasiyasi bilan chegaradosh shahar va viloyatlaridan kelayotgan ma`lumotlarga ko`ra, harakat va aloqada muammolar mavjud.

Shu munosabat bilan shaxsiy transport vositalariga ega yoki bunday imkoniyatga ega bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolaridan Ukrainaning g`arbiy qismiga yoki Lvovga ko`chib o`tish imkoniyatini ko`rib chiqishlarini so`raymiz.

3. O`zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining xavfsizligini ta`minlash va keyinchalik ularni o`z Vatanlariga evakuasiya qilish bo`yicha barcha manfaatdor tomonlar bilan hamkorlikda o`z faoliyatini davom ettirayotganiga Sizlarda ishonch hosil qildirmoqchi.

Lekin shu bilan birga, bizga kelayotgan yangi ma`lumotlarni hisobga olib, Ukrainadagi mavjud vaziyat haqida yuqoridagi ma`lumotni berishga majbur bo`ldik, - deyiladi unda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1