1

Uzbekistan Airways Rostov-Don va Krasnodarga parvozlarni bekor qildi

Jamiyat 24.02.2022, 19:21
Uzbekistan Airways Rostov-Don va Krasnodarga parvozlarni bekor qildi

Uzbekistan Airways Rostov-Don va Krasnodarga parvozlar bekor qilinganini ma`lum qildi. Bu haqda aviakompaniya axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Rossiya Federasiyasining Rostov-Don (Platov) va Krasnodar shaharlari xalqaro aeroportlarining faoliyati vaqtincha to`xtatilgan. Shu munosabat bilan aviakompaniya quyidagi rejalashtirilgan muntazam qatnovlarni bekor qilgan.

  • HY-9647/9648 Toshkent—Rostov-Don—Toshkent yo`nalishida – 25, 27 fevral va 2 mart kunlari;
  • HY-9687/9688 Toshkent—Krasnodar—Toshkent yo`nalishida – 27 fevral va 1 mart kunlari;
  • HY-3687/3688 Toshkent—Krasnodar—Toshkent yo`nalishida – 2 mart kuni.

Bekor bo`lgan parvozlar yo`lovchilari aviachiptalarining to`liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki parvozlar qayta tiklanganidan keyin boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga ega hisoblanadi.

«To`g`ri tushunishingizga umid qilamiz», — deyiladi  xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1