1

Ayni paytda Ukrainada bo`lgan o`zbeklar soni ma`lum qilindi

Jamiyat 24.02.2022, 21:24
Ayni paytda Ukrainada bo`lgan o`zbeklar soni ma`lum qilindi

 O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Yusup Kabuljanov Ukrainada bo`lib turgan o`zbeklar sonini ma`lum qildi:

O`zbekiston Respublikasining Kiev shahridagi Elchixonasidan olingan ma`lumotga ko`ra, hozirda Ukraina hududida 4300 ga yaqin O`zbekiston fuqarosi bo`lib turibdi. Shu bilan birga, fuqarolarimiz ro`yxati yanada aniqlashtirilmoqda.

Shuningdek, Kabuljanov evakuasiya choralari haqida ham ma`lumot berdi:

Hozirda O`zbekiston Respublikasining Kievdagi Elchixonasi tomonidan evakuasiya rejasi va Ukraina hududini tark etishni xohlovchi fuqarolar ro`yxati ishlab chiqilmoqda. Ukraina havo hududining yopilganini inobatga olgan holda jo`nab ketish yo`nalishlari va joyi ishlab chiqilmoqda.

Maqbul evakuasiya yo`nalishlari bo`yicha masalalar uchinchi davlatlarning tegishli tashkilotlari bilan kelishilgan sari, O`zbekiston fuqarolari Elchixonaning www.uzbekistan.org.ua sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarida qo`shimcha ravishda xabardor qilinadi.

Yu.Kabuljanov O`zbekistonning Ukrainadagi Elchixonasi ma`lumotiga tayanib, jabrlanganlar orasida O`zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini tasdiqladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1