2022 yil 24 fevral holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 236 036 (+156) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi.
Yangi kasallanish holatlarining:
-5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
-5 nafari Andijon viloyatida,
-5 nafari Buxoro viloyatida,
-2 nafari Jizzax viloyatida,
-4 nafari Namangan viloyatida,
-23 nafari Samarqand viloyatida,
-4 nafari Sirdaryo viloyatida,
-8 nafari Surxondaryo viloyatida,
-7 nafari Farg`ona viloyatida,
-2 nafari Xorazm viloyatida,
-33 nafari Toshkent viloyatida,
-58 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog`ayganlar jami 231546 (+514) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1628 nafarni tashkil qildi. Qolaversa, kecha 26 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Shuningdek, O`zbekistonda koronavirusga qarshi emlash ko`rsatkichlari ham ma`lum qilindi.
Unga ko`ra, 24 fevral mamlakatimiz hududlari bo`ylab 130 763 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 9 723 nafarni,
- 2-bosqich emlanganlar 35 403 nafarni,
- 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 85 637 nafarni tashkil qildi.
Ayni kungacha mamlakatimizda jami 45 513 118 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
- 1-bosqich emlanganlar 19 663 178 nafarni,
- 2-bosqichda emlanganlar 15 356 638 nafarni,
- 3-bosqich va buster doza bilan emlanganlar 10 493 302 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
-Toshkent viloyati (23 031 doza),
-Andijon viloyati (16 390 doza),
-Qashqadaryo viloyati (12 061 doza) band qildi.
Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 91,6 foizga, to`liq vaksina kursini olganlar esa 72 foizga etgan.






