AsosiyJamiyat

Abdulaziz Kamilov isroillik hamkasbi bilan telefonlashdi

'Abdulaziz Kamilov isroillik hamkasbi bilan telefonlashdi'ning rasmi

2022 yilning 25 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va Isroil Davlati Tashqi ishlar vaziri Yair Lapid o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zbekiston TIV xabar berdi. 

Suhbat avvalida tashqi siyosat idoralari rahbarlari O`zbekiston Respublikasi bilan Isroil Davlati o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi (1992 yil 21 fevral) munosabati bilan o`zaro tabrik almashdilar.

Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

BMT va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o`zaro aloqalar masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar