AsosiyJamiyat

Yaponiyada ishlamoqchi bo`lgan o`zbekistonliklar «Maxsus malaka sertifikati»ni Yaponiyaga bormasdan qo`lga kiritishlari mumkin

'Yaponiyada ishlamoqchi bo`lgan o`zbekistonliklar «Maxsus malaka sertifikati»ni Yaponiyaga bormasdan qo`lga kiritishlari mumkin'ning rasmi

Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda  Yapon tili va maxsus malaka test markazi rahbari Dilafruz Ikromova ma`lum qildi.  

Qayd etilishicha, kuni kecha Yaponiya hukumati «Maxsus malakali ishchi» maqomini tasdiqlovchi testlarni O`zbekistonda o`tkazilishini rasman tasdiqladi. Bunga ko`ra Hamdustlik mamlakatlari ichida ilk bor Yaponiya hukumati tomonidan amalga oshiriladigan Tokuteiginou testlari yurtimizda amalga oshiriladi.

Mazkur testlarni yurtimizda o`tkazilishi Yaponiyada ishlashni istagan fuqarolar uchun xarajatlarni qisqartirish bilan birgalikda, Yaponiya mehnat bozorida o`zbekistonlik mehnat migrantlarini salohiyatini tanitishga va O`zbekiston segmentini yaratishga ko`mak beradi.

 

    Boshqa yangiliklar