1

Poytaxtda milliy Davra.uz ijtimoiy tarmog`i namoyish etildi

Jamiyat 02.06.2016, 11:01
Teglar: Ijtimoiy tarmoqlar
Poytaxtda milliy Davra.uz ijtimoiy tarmog`i namoyish etildi

UZINFOCOM markazi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarni rivojlantirish vazirligi ko`magida milliy Davra.uz ijtimoiy tarmog`ini ishlab chiqdi. Uning taqdimoti 1 iyun kuni bo`lib o`tdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Yangi ijtimoiy tarmoqning asosiy afzalligi uning Tas-IX tarmog`ida joylashgani bo`lib, mahalliy internet-provayderlar unga kirishni bepul ta`minlaydi, deyildi taqdimotga bag`ishlangan matbuot anjumanida.

Davra.uz ijtimoiy tarmog`ida ID.UZ orqali avtorizasiyadan o`tish mumkin. Mobil qurilmalar orqali ham foydalanish imkoniyati mavjud bo`lib, interfeys o`zbek va rus tillarida ishlab chiqilgan.

Davra.uz foydalanuvchilari o`z sinfdosh va kursdoshlari (ta`lim olgan joyini ko`rsatgan holda), hamkasblari (ish joyini ko`rsatgan holda)ni topishlari mumkin bo`ladi. Bundan tashqari, qiziqishlar bo`yicha ochiq va yopiq turdagi guruhlarni yaratish imkoniyati mavjud. Shuningdek, sahifalar yaratish yoki ushbu tizimni biznesni rivojlantirish sifatida ham qo`llash mumkin.

Ijtimoiy tarmoqning standart talqinida matn, rasm va videolarni joylashtirish, layklash, izoh qoldirish va messenjerda muloqot qilish mumkin. Shu bilan birga, tadbirlar yaratib, unga tanishlarni taklif qilish mumkin.

UZINFOCOM Markazi matbuot xizmati ma`lumotiga ko`ra, hozirgi paytda Davra.uz ijtimoiy tarmog`ida 2200 dan ortiq foydalanuvchi ro`yxatdan o`tgan bo`lib, qiziqishlar bo`yicha 50 ta sahifa va 60 ta guruh yaratilgan.

Loyihaning o`z tumori bor — quyoncha. U ham matbuot anjumanida ishtirok etdi va Davra.uz ijtimoiy tarmog`ida o`z sahifasiga ega.

Sharhlar

O`zbekistonda ba`zi ijtimoiy tarmoqlar vaqtincha cheklandi. Ular orasida Twitter, TikTok va “VKontakte” ham bo`lishi mumkin

02.07.2021, 17:11

“O`zkomnazorat” Axborot xizmati xabariga ko`ra, ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyati O`zbekiston hududida cheklandi.Xabarda aytilishicha, “Shaxsga doir ma`lumotlar to`g`risida”gi Qonunning 27-1-moddasi talablariga zid ravishda O`zbekiston fuqarolarining shaxsga doir...
Jonli efirdagi o`lim: opa-singil mudhish YTHda halok bo`ldi (Video)

30.06.2017, 16:38

Ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning Xarkov shahri yaqinida 29 iyun kuni opa-singil ishtirokida sodir bo`lgan YTH aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.Avtofalokatda halok...
​Facebook asoschisi akkauntlar soni 2 milliardga etganini ma`lum qildi

28.06.2017, 15:16

Facebook ijtimoiy tarmog`i asoschisi Mark Sukerberg undagi akkauntlar soni 2 milliardga etganini ma`lum qildi.RIA Novostining xabar berishicha, bu haqda Sukerbergning o`zi sahifasida yozib qoldirgan.Bu ko`rsatkichni...
​Ijtimoiy tarmoqlarda Bryus Lining haqiqiy jangi aks etgan video paydo bo`ldi (Video)

14.06.2017, 12:07

Ijtimoiy tarmoqlarda Bryus Lining aralash jang san`ati qoidalariga asosan o`tkazilgan, yagona va haqiqiy jangi aks etgan video paydo bo`ldi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. Mazkur...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1