AsosiyJamiyat

Toshkent shahridagi avtobus bekatlari namunaviy loyiha asosida bo`ladi

'Toshkent shahridagi avtobus bekatlari namunaviy loyiha asosida bo`ladi'ning rasmi

Me`yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida namunaviy dizayn asosida avtobus oraliq bekatlarini tashkil etish to`g`risida”gi qarori muhokamaga qo`yildi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.

Qarorga Prezidentning 2022 yil 2 fevraldagi “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi PQ-111-son qarori va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asos bo`lib xizmat qiladi.

Unga ko`ra, shahar aholisi va unga tashrif buyuruvchi mehmonlarga qulayliklar yaratish maqsadida bekatlarni namunaviy loyiha asosida tashkil etish taklif etilmoqda.

Qaror bilan "Avtobus bekatlari joylashtiriladigan er maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali tadbirkorlik sub`ektlariga ijara huquqi asosida vaqtinchalik foydalanishga berish to`g`risida"gi nizom ham tasdiqlanadi.

Ishlab chiqilgan namunaviy loyihalar asosida Toshkent shahridagi 280 ta avtobus bekatlari 2022 yil yakuniga qadar elektron onlayn auksion savdolariga joylashtirilishi rejalashtirilmoqda.

2022 yil 1 sentyabrga qadar savdo va maishiy xizmat ko`rsatish ob`ektlari mavjud bo`lgan amaldagi avtobus bekatlarida yo`lovchilar, shu jumladan, aholining imkoniyati cheklangan guruhlari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish choralari ko`rilishi ham belgilangan.

Qaror loyihasi bilan tanishish va uning muhokamasida 11 martgacha ishtirok etish uchun havola.

    Boshqa yangiliklar