O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda O`zbekiston Respublikasi Notarial palatasi o`rtasida hamkorlik to`g`risida Memorandum imzolandi
Memorandum bilan O`zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg`in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishdagi ikki tomonlama kompleks hamkorlik harakatlarni amalga oshirishning ustuvor yo`nalishlari belgilab olindi.
Xususan, memorandumga muvofiq tomonlar:
sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish va FATF tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementasiya qilish;
notarial harakatlarni amalga oshirishda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni leglallashtirish, terrorizmni va ommaviy qirg`in qurollarini tarqatishni moliyalashtirish bilan bog`liq xavf darajasiga tushuvchi va shubhali operasiyalar to`g`risidagi ma`lumotlarni elektron almashinuvini yo`lga qo`yish;
sohada faoliyat yuritayotgan kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan mahalliy va xalqaro darajadagi platformalarda o`quv seminarlar, konferensiya hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish;
axborot tizimlarini o`zaro integrasiya qilgan holda undan manfaatli foydalanishni yo`lga qo`yish hamkorlikni ustuvor yo`nalishlari etib belgilandi.
O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Departament va Notarial palata tomonidan memorandum talablaridan kelib chiqqan holda hamkorlik rejasi ishlab chiqiladi.






