AsosiyJamiyat

Buxoroda ichki va ziyorat turizmi yarmarkasi bo`lib o`tdi

'Buxoroda ichki va ziyorat turizmi yarmarkasi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Buxoro shahridagi Nodir Devonbegi majmuasida Ichki va ziyorat turizm yarmarkasi o`tkazildi.  Unda viloyatdagi hunarmandchilik mahsulotlari, viloyatda ziyorat va ichki turizm yo`nalishida faoliyat yurituvchi turoperatorlar,shuningdek, respublikaning barcha hududlaridan turistik kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi. Bundan tashqari, viloyatlar o`rtasida sayyohlik mavsumidagi ichki va ziyorat turizmi yo`nalishini mahalliy va xorijiy sayyohlarga keng targ`ib qilindi.

Tadbirda soha mutasaddilari qatorida Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlaridan turistik operatorlar, mehmonxona biznesi vakillari, shuningdek, hunarmandlar, sayyohlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Bu borada davlat rahbarining «2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyatining turizm salohiyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi, «Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi va boshqa qarorlarining izchillik bilan amaliyotga tatbiq etilishi natijasida sayyohlik industriyasi rivojlanib, qadimiy diyorimizga tashrif buyurayotgan chet ellik va mahalliy turistlarning soni yil sayin ortib bormoqda.

O`tgan yilda viloyatda turizm infratuzilmasini yaxshilash va yangi turizm ob`ektlarini barpo etilishi natijasida 450 dan ortiq qo`shimcha yangi ish o`rni  tashkil etilib, xorijiy sayyohlardan tushgan yillik tushum hajmi 60 milliard 600 million so`mga etgani qadimiy kentga bo`lgan qiziqish ifodasi, albatta.

— Buxoroda rasman boshlanayotgan sayyohlik mavsumi startida – Ichki va ziyorat turizmi yarmarkasiga biz «Benazir Qashqadaryo» yo`nalishi bo`yicha 3 kun va 2 kechalik ziyorat va gastro-etnotur dasturi taqdimotini tayyorlab kelganmiz, – deydi tadbirda qatnashgan turoperatorlardan biri, qo`shni viloyatning Qarshi shahrida faoliyat ko`rsatuvchi «Sanduvoch parvozi» MChJ rahbari Hafiza Egamberdieva. — Bu dasturga binoan sayyohlarning buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur qurdirgan «Oq saroy» obidasi, muazzam Amir Temur ko`prigi, shuningdek, «Ko`k gumbaz» masjidi, Abu Ubayda ibn al Jarroh, Abu Mu`in An-Nasafiy, Langart ota qadamjolariga tashrif buyurishlari, Kesh, G`ilon, Chiyali, Qovchin, Xo`ja ilg`or kabi qadimiy qishloqlarning buguni bilan yaqindan tanishishlari, vohaga xos milliy taomlarimizdan bahramand bo`lishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar