Toshkent viloyati Piskent tumanida fuqaro B.K. va boshqalar oldindan til biriktirib, fuqaro J.R.dan olgan qarzi evaziga qalbaki 3 200 AQSh dollarini berganliklari aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Ushbu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Piskent tuman bo`limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






