AsosiyJamiyat

Toshkent – Boku – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda

'Toshkent – Boku – Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlar qayta tiklanmoqda'ning rasmi

2022 yil 8 martdan boshlab O`zbekiston havo yo`llari milliy aviakompaniyasi uzoq tanaffusdan so`ng Bokuga haftalik qatnovlarni tiklamoqda.  Bu haqda milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, parvozlar haftada bir marta – seshanba kunlari qishki jadval davomida quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:

Toshkent – Boku

uchish 14:40 – etib borish 16:35 (mahalliy vaqt bilan)

Boku – Toshkent  

uchish 17:35 – etib borish 21:10 (mahalliy vaqt bilan).

    Boshqa yangiliklar