AsosiyJamiyat

Jizzaxda 45 mingdan ortiq xonadonning 1 oylik iste`moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

'Jizzaxda 45 mingdan ortiq xonadonning 1 oylik iste`moliga teng elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonvidan Jizzax viloyatidagi iste`molchilarning elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlarini aniqlash bo`yicha nazorat tadbirlari o`tkazilmoqda. Bu haqda “O`zenergoinspeksiya” Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, “Jizzax suv ta’minoti” MChJga qarashli “Qo‘ytosh” tumanlararo suv ta`minoti bo`limining oylik hisobotlarida iste`mol qilingan elektr energiyasi yashirib kelinganligi aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan elektr ta`minoti korxonasi tomonidan 9 079 988 kVt.soat yoki 4 milliard 79 million so`m miqdorida elektr energiyasi qayta hisob-kitob qilindi.

Ushbu hajmdagi elektr energiyasi 45 mingdan ortiq xonadonning o`rtacha 1 oylik iste`molini tashkil qiladi.

Ushbu qoidabuzarlik bo`yicha qonuniy chora ko`rilishi uchun hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar