Avval xabar qilganimizdek Toshkentda ShHT xalqaro yarimmarafoni o`tkaziladi.
O`zbekiston Respublikasining 2021-2022 yillardagi ShHTga raisligi doirasida turli darajadagi 80 dan ortiq tadbirlar o`tkazilishi rejalashtirilgan. Shunday tadbirlardan biri joriy yil 27 mart kuni Toshkent shahrida bo`lib o`tadigan ShHT xalqaro yarimmarafonidir. Ushbu tadbir doirasida "Navro`z" umumxalq bayramiga bag`ishlangan IV Xalqaro Toshkent marafoni tashkil etiladi.
ShHT bayrog`i ostida o`tkazilayotgan yarimmarafonda turli mamlakatlardan minglab odamlar, jumladan professional sportchilar, havaskor yuguruvchilar, sog`lom turmush tarzi targ`ibotchilari qatnashishi kutilmoqda.
Toshkent shahrida o`tkazilishi rejalashtirilayotgan yarimmarafonda ishtirokchilar 3 km va 21,0975 km masafani bosib o`tadi.
Yarimmarafon yo`nalishi Toshkentning Afrosiyob va Beshyog`och ko`chalari chorrahasido`an boshlab, Nukus, Abdulla Qodiriy va Abay ko`chalari bo`ylab davom etadi.
Tadbirda ishtirok etishni xohlovchilar quyidagi ilova orqali batafsil ma`lumot olishlari va ro`yxatdan o`tishlari mumkin" deya ta`kidladi Toshkent Xalqaro ShHT yarim marafonining matbuoot kotibi Anatoliy Kechin.
Yarimmarafon oldidan nimlar qilish kerak? Poygaga tayyorgarlikning ushbu bosqichidan qanday o`tish mumkin?
"Ekopark hududida murabbiy Andrey Kulikov boshchiligida ochiq mashg`ulotlar o`tkaziladi, unda o`zingizni qiziqtirgan savollarga javob olish va musobaqaga to`g`ri tayyorgarlik ko`rishni o`rganishingiz mumkin.
Ochiq trening har shanba kuni bo`lib o`tadi. Xohlovchilar soat 9:00 da Ekopark futbol maydonida yig`ilishi so`raladi" deyiladi Engil atletika federasiyasining rasmiy saytida.






