Avvalroq xabar qilinganidek, so`nggi vaqtlarda DXMda haydovchilik guvohnomasini almashtirish uchun tashrif buyuruvchilar oqimi sezilarli oshgan.
Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida eski haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirishning so`nggi muddati o`tgan yili dekabr oyidan 2022 yil 31 dekabrgacha uzaytirilgan.
Shunga ko`ra, 2022 yil 31 mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanadi.
Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug`bek, Yashnobod, Yakkasaroy, Sergeli, Chilonzor, Uchtepa, Shayxontohur, Olmazor, Yunusobod tumani DXMda “So`nggi mijozgacha” ish rejimi tashkil qilingan.
Bunda, haydovchilar mazkur DXMlar orqali dushanbadan-jumagacha soat 09:00 dan kechgacha hamda shanba kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha xizmatdan foydalanishi mumkin.
Ma`lumot uchun:
Eski "prava"ni yangisiga almashtirish uchun bevosita vakolatli idora – IIBB YHXB bo`limlariga ham murojaat qilish mumkin.