Ijtimoiy tarmoqlarda “Namanganda 2019 yillarda yozilgan jarimalar nega mahalla nozirlari orqali to`latish boshlandi? Aybdorlar kim fuqarolarga jarima haqida ma`lumotlar kelmaganiga?” izohi bilan tarqalgan xabar yuzasidan Namangan viloyati IIBning rasmiy munosabat berdi.
Xabarda aytilishicha, O`zbekiston Respublikasi ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 171-moddasiga asosan maxsus avtomatlashrilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo`l harakati qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma`muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi.
Fuqaro V.A.ning transport vositasini ishonchnoma orqali boshqarganligi, unga nisbatan rasmiylashtirilgan jarima solish to`g`risidagi qaror nusxasi transport vositasining mulkdoriga yuborilganligini, lekin shu kunga qadar to`lanmaganligi aks etgan. Viloyat hududida to`lanmagan jarimalarning ortishi natijasida profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda mahallabay undirish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.






