Polsha hududida asosiy qismi yosh bolasi bor ayollardan iborat o`zbekistonliklar uchun sharoitlar yaratilgan. Xususan, ko`rpa-to`shak, tibbiy yordam, issiq ovqat ham berilgan. Bu haqda O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili ma`lumot berdi.
"Polshada yig`ilgan yurtdoshlarimiz markazlashgan holda avtobuslarda Katovise shahridagi aeroportga etkaziladi.
Birinchi samolyot O`zbekistonga 28 fevralda parvoz qilishi kutilmoqda",-deya ta`kidlanadi xabarda.
Qayd etilishicha, Polsha Hukumati O`zbekiston Elchixonasining murojaatidan so`ng muhim qarorni qabul qildi.
Unga ko`ra, endi o`zbekistonliklardan viza hamda PZR-test talab qilinmayapti.






