Bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi.
"O`zgidromet" bu haqda ma`lumot berdi.
Qayd etilishicha, faqat Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 13-18° iliq atrofida bo`ladi.
Shuningdek, poytaxtda ham havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Havo harorati 15-17° iliqgacha pasayishi aytiladi.






