AsosiyJamiyat

Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

'Tashqi ishlar vazirligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi'ning rasmi

Bugun, 28 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida TIVning kengaytirilgan Hay`at yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik Axborot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, yig`ilishda vazirlik tarkibiy bo`linmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi. Unga ko`ra:

Ibragimov Baxtiyor Bahodirovich (ilgari O`zbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi;

Mirzaraximov Sarvar Xamitjanovich (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi bo`lim boshlig`i lavozimida ishlagan) –Davlat protokoli boshqarmasi boshlig`i v.b. lavozimiga tayinlandi;

Akramov Umid Shuhratovich (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy ta`minot bo`limi boshlig`i v.b. lavozimiga tayinlandi. 

    Boshqa yangiliklar