Oltinko`l tumanida fuqarolarni ishga va o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Oltinko`l tumani bo`limlari tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda qo`lga tushishdi Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar bermoqda.
Fuqarolar Z.U., Sh.G. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) va K.A.lar oldindan til biriktirib, go`yoki o`zlarining Toshkent shahridagi tanishlari orqali fuqaro O.ni Milliy gvardiya tizimiga ishga joylashtirish va fuqaro I.ni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 32 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






