Polshaning Katovise shahri aeroportida “Uzbekistan Airways” Milliy aviakompaniyasining maxsus bortida Ukrainadan Ukraina-Polsha chegarasi orqali olib kelingan O`zbekiston fuqarolarining samolyotga chiqishi yakunlanmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Birinchi maxsus reysda 240 kishi, jumladan, ayollar, bolalar, talabalar, Ukrainada vaqtincha ishlagan yoki o`qigan yurtdoshlarimiz Vatanga olib kelinadi.
Yaqin soatlarda samolyot Katovise shahri aeroportidan Toshkentga uchadi.
Eslatib o`tamiz, bugun Katovisedan vatandoshlarni olib kelish uchun Toshkentdan maxsus reys parvoz qilgan edi.






