Ijtimoiy tarmoqlarda «8 mart - Xalqaro xotin qizlar kuni» munosabati bilan uyushtiriladigan respublika tadbirida qatnashish uchun 1000 AQSh dollari talab qilinganligi haqidagi xabar yuzasidan Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati quyidagilarni ma`lum qildi:
Andijon viloyatidan 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan respublika tadbiriga 2019-2021 yillar davomida yuborilgan xotin-qizlarning tarkibi ko`rib chiqilganda 3 yil davomida qatnashgan ayollarning takroran yuborilganlik holati aniqlanmadi.
Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki, bayram tadbiriga yuborilgan xotin-qizlarning davlat va jamoat ishlarida faol, tashabbuskor, yurtimiz ravnaqi uchun xizmat qilib kelayotgan xotin-qizlarning nomzodligi taqdim etilgan.
Hozirda ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilgan haqiqatga to`g`ri kelmaydigan «Andijon viloyatidan 1000 $ AQSh dollari evaziga» mazkur tadbirda qatnashish uchun yuborilishi yuzasidan berilgan asossiz ma`lumot bo`yicha huquq tartibot organlari tomonidan o`rganish ishlari olib borilmoqda. Belgilangan tartibda qonuniy chora ko`rilishi ta`minlanadi.
"Hurmatli fuqarolar asossiz va yolg`on xabar tarqatishdan ehtiyot bo`ling. Zero yuqorida keltirilgani kabi yolg`on xabarni tarqatgan shaxs qonunlarimizda belgilangan tartibda jazoga tortilishi muqarrar" deyiladi xabarda.






