AsosiyJamiyat

Farg`onada sandiqdan 73.800.000 so`m va 2.000 AQSh dollarini o`margan ayol qo`lga olindi

'Farg`onada sandiqdan 73.800.000 so`m va 2.000 AQSh dollarini o`margan ayol qo`lga olindi'ning rasmi

2021 yilning 31 dekabr kuni Yuqori Kirguli ko`chasida yashovchi K.D IIBga murojaat qilgan. Unda 2021 yilning 28 dekabr kunidan 31 dekabr kunigacha bo`lgan vaqt oralig`ida noma`lum shaxs yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxonasida bo`lgan sandiq ichida bo`lgan 73.800.000 so`m pullari va 2.000 AQSh dollarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg`ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi (o`g`irlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.N ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o`tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar