Bu haqda AOKAda Pensiya jamg`armasi mutasaddilari ishtirokida o`tkazilgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.
Ta`kidlanishicha, O`zbekistonda 2022 yil 1 martdan boshlab, ishlamaydigan va pensiya olmaydigan Afg`onistondagi urushda o`z baynalmilal burchlarini bajargan fuqarolarga uy-joy kommunal to`lovlari uchun kompensasiya to`lovi joriy etiladi.
Shuningdek, 100 yoshga to`lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda – pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo`shimcha to`lov to`lanadi.
O`z navbatida, bugun O`zbekistonda oylik pensiya va nafaqa oluvchilar soni 4 mln. nafardan ortiq, bolalar nafaqasi va moddiy yordam ta`minoti oluvchilar soni esa 6,4 mln. nafarni tashkil etmoqda.






