AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning ba`zi joylarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Qoraqalpog`istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kuzatilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-17° iliq bo`ladi.

Poytaxtimizda havo o`zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 13-15° iliq bo`ladi.

Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 3-8° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar