Kecha 28 fevral kuni Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarning ilk guruhi Toshkentga etib keldi.
Qayd etilishicha, ilk reysda 241 nafar O`zbekiston fuqarosi Polshaning Katovise shahridan olib kelingan.
Ular orasida birinchi bo`lib evakuasiya qilinganlar — ayollar va bolalar bo`ldi.
Evakuasiya qilinib, eson-omon urush o`chog`idan vatani bag`riga qaytgan ayollardan biri o`tgan kunlarini yodga olib shunday deydi:
"Qochdik hammamiz. U yoqqa, bu yoqqa, berkindik. Albatta vahima bo`ldi. Sirena chalinganda erto`lada jon saqladik. Endi hamma narsa orta qoldi. Etib keldik, ming shukr" — deydi u elchixona bilan doimiy aloqada bo`lishganini ta`kidlab.






