Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahar IIB navbatchilik qismiga shu shaharda yashovchi fuqaroning Paxtazor mikrorayoni oldidagi avtomashinalar saqlash joyida qoldirilgan "YaVA-350" rusumli motosiklini noma`lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ichki ishlar organlari xodimlarining tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlari natijasida jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchilar, Qarshi shahrida yashovchilar 30 va 23 yoshli fuqarolar ekanligi aniqlandi va qo`lga olindi.
Mazkur holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.





