Kecha, 28 fevral kuni Mudofaa vazirligi va O`zbekiston Milliy universiteti o`rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Darakchi.uz jurnalisti xabar berdi. Tadbirda mudofaa vazirining o`rinbosari polkovnik Hamdam Qarshiev, O`zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inomjon Madjidov hamda soha vakillari, professor-o`qituvchilar, tinglovchilar ishtirok etishdi.
Imzolangan hamkorlik memorandumida muvofiq kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohasida qator kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, tomonlar ilmiy-tadqiqot loyihalarini hamkorlikda bajarish, ta`lim sohasida pedagogik-psixologik muammolar, milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning dolzarb masalalari, ilmiy ishlar muhokamasi kabi muhim masalalarni birgalikda olib borishadi.
Ma`lumot uchun: Mudofaa vazirligi tizimida xizmat olib borayotgan harbiy-kasbiy saralash organi xodimlari faoliyatini sifatli tashkillashtirish va doimiy ravishda malakasini oshirib borish maqsadida O`zbekiston Milliy universitetida 10 kunlik o`quv-uslubiy yig`in o`tkazildi. Kechagi tadbirso`ngida harbiy-kasbiy saralash organi xodimlariga o`quv-uslubiy yig`inda malaka oshirganligi to`g`risida sertifikatlar topshirildi.






