AsosiyJamiyat

Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun uchinchi samolyot jo`natildi

'Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarni olib kelish uchun uchinchi samolyot jo`natildi'ning rasmi

Bugun, 1 mart kuni Katovise (Polsha) shahriga uchinchi maxsus samolyot qo`nishi kutilmoqda. Bu haqda "Dunyo" AA xabar bermoqda. 

Shu munosabat bilan elchixona xodimlari navbatdagi 250 nafar O`zbekiston fuqarosini manzilga etkazish uchun aeroportga jo`natish ishlarini tashkil qilmoqda. 

Ma`lum qilinishicha, 28 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23.00 da “Karchova” (Polsha) nazorat-o`tkazish punktining to`plash punktlarida o`z vataniga uchib ketmoqchi bo`lgan 650 ga yaqin O`zbekiston fuqarosi to`plandi.

Elchixona ma`lumotlariga ko`ra, yana 400 dan ortiq fuqarolarimiz Lvov shahridan Polshaga jo`natilgan.

Ayni damda o`zbek diplomatlari fuqarolarning etib kelishi, ularning aeroportga to`planishi va samolyotga o`tirilishi bilan bog`liq muammolar bilan shug`ullanmoqda. O`zbekistonning Varshavadagi elchixonasi 24 soatlik shtab-kvartiraga ega.

Eslatib o`tamiz, kecha tunda va bugun tongda Ukrainadan evakuasiya qilingan o`zbekistonliklarning bir guruhi Toshkentga etib keldi.

    Boshqa yangiliklar